Bugun, 4 may kuni Osiyo çempionlar ligasining 6-turida Toşkentning  "Lokomotiv" jamoasi BAAning "Al Nasr" klubini qabul qildi.

Öyinda hisob oçilmadi. Bu durang natija har ikki jamoaning guruhdan çiqişini ta'minlar edi.

Guruhning ikkinçi uçraşuvida "Al-Ittihod" "Sepahon"ni 2:0 hisobida mağlub etdi ammo ikkala jamoa ham guruhda qolib ketdi.

Şu tariqa, "temiryölçilar" guruhda 1-örinni egallab, pley-offga yöllanma oldi.

Nimçorak finalda "Lokomotiv" Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasiga qarşi öynaşi oydinlaşdi.

OÇL, "A" guruhi, 6-tur
"Lokokmotiv" - "An-Nasr" 0:0

"Lokomotiv" - Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Server Jyeparov, Temurxöja Abduxoliqov ( Marat Bikmayev, 66), Sardor Mirzayev, Salim Mustafoyev, Temur Kapadze, Islom Töxtaxöjayev, Sanjar Şoahmedov, Ikrom Aliboyev ( Sadriddin Abdullayev, 75), Oleg Zoteyev ( Şerzod Fayziyev, 62).

"An-Nasr": 12.Ahmad Şambih, 4.Xolid Jalol, 6.Mahmud Xamis, 7.Nilmar, 8.Jires Kembo Ekoko, 10.Luis Ximenes (S), 11.Xonatan Pitroypa, 16.Amir Muborak, 18.Ahmad Al-Yassiy, 20.Masud Sulaymon, 23.Esam bin Salmin.