OFK Elit Osiyo Çempionlar Ligasida asosiy bosqiç öyinlari boşlandi.

Özbekiston çempioni «Neftçi» öz maydonida Iroqning «Al-Quvva Al-Javiya» klubini qabul qildi.

Öyinda mezbonlar katta ustunlikka ega böldi, ammo raqib darvozasi faqat bir marta işğol etildi. Ğalaba keltiruvçi golda legionerlar iştirok etdi. 83-daqiqada ivuarlik Koffi Kouao töpni çap qanotdan jarima maydoniga yetkazganida serbiyalik Zoran Maruşiç boşi bilan aniq zarba yölladi.

«Neftçi» navbatdagi öyinni 12-oktabr kuni safarda Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubiga qarşi ötkazadi.

Elit OÇL. Ğarb mintaqasi. 1-tur
14-sentabr, Farğona, «Istiqlol» stadioni

«Neftçi» (Özbekiston) - «Al-Quvva Al-Javiya» (Iroq) 1:0

Gol: Zoran Maruşiç (83)

Boş hakam: Odil Al-Naqbiy (BAA)

«Neftçi»: Botirali Ergaşev, Boyan Siger, Ikrom Aliboyev, Abror Ismoilov (Bilolxon Toşmirzayev 46), Nurmuhammad Abduğaniyev, Stipe Peritsa (Xurşid Ğiyosov, 72), Alişer Odilov, Yan Sasse (Zoran Maruşiç, 56), Farruh Sayfiyev, Koffi Kouao, Fransisko Jurani

«Al-Quvva Al-Javiya»: Muhammad Mejbel, Ruslan Al-Darrajiy, Muslim Al-Hamadaniy, Said Ahmad, Mohanad Al-Jebur, Alharis Al-Said (Mujtaba Suvaydiy, 63), Muhammad Alğadab (Haysam Juiniy, 83), Abbos Hasan, Saad Abdulamir, Tvisila Kisinda (Murod Sube, 63), Ali Saad Jabbor (Mozes Orkuma, 72)

Ogohlantirişlar: Stipe Peritsa (59), Said Ahmad (59), Muslim Al-Hamadaniy (63), Bilolxon Toşmirzayev (81)