Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçidan örin olgan Qatarning «Al-Ahliy» va «Andijon» klublari örtasidagi bahs 2:0 hisobida yakunlandi. Uşbu turnir nufuzi jihatidan Osiyo Çempionlar Ligasi Elit musobaqasidan keyingi örinda turadi.

24 dekabrda Doha şahrida ötkazilgan bahsda Mixel Vlap tomonidan urilgan ikkita gol mezbonlarga ğalaba keltirdi.

Bu natijadan söng, «Andijon» 5 oçko bilan guruhda sönggi örinni egalladi. Andijonliklar 6 ta öyinda biror marta ğalaba qozonolmadi.

Guruhda Qatarning «Al-Ahliy» klubi 10 oçko bilan birinçi, Turkmanistonning «Arqadağ» klubi 7 oçko bilan ikkinçi böldi va ikkalasi ham keyingi bosqiçga çiqdi. Bahraynning «Al-Xolidiya» klubi 6 oçko bilan uçinçi örinni egalladi.

OÇL-2. Guruh bosqiçi, 6-tur

24 dekabr, Doha

«Al-Ahliy» (Qatar) - «Andijon» (Özbekiston) 2:0

Gollar: Vlap (26, 65)

OÇL 2, Andijon, futbol