Myunxenning «Bavariya» klubi boş murabbiyi Xosep Gvardiola va jamoa şifokorlar xizmati bilan örtasida navbatdagi kelişmovçilik yuzaga keldi, deya xabar beradi Bild.
Manba bergan xabarga köra, Çempionlar Ligasining 1/2 finalida «Atletiko»ga qarşi javob uçraşuvidan keyin ispaniyalik mutaxassis kiyim almaştiriş xonasida şifokorlarga qarata: «Atletiko»da Godin tezda oyoqqa turdi. Nega bizda bunaqa bölmadi?», deya murojaat qilgan.
Şifokorlardan biri Gvardiolaning gapiga jim qarab tura olmagan va unga: «Bunaqa gap bilan odamni kuldirma. Sening ixtiyoringda Robben va Badştuberdan boşqa barça futbolçilar bor edi», deb javob qaytargan.
Şundan söng vaziyat keskinlaşgan, faqatgina Frank Riberining aralaşuvi bilan mojaroli vaziyat töxtatib qolingan.
Eslatib ötamiz, «Bavariya» «Atletiko» ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozongan, ammo ikki uçraşuv natijasiga köra final yöllanmasini qölga kirita olmagandi.
Gvardiola kelgusi mavsumdan boşlab «Mançester Siti»ni boşqaradi. «Bavariya»da esa uning örnini «Real»ning sobiq boş murabbiyi Karlo Ançelotti egallaydi.











