"Al Mayadin" telekanalining xabar qilişiça, IŞID terrorçilik guruhi jangarilari 1 yil davomida 20 nafar iroqlik jurnalistning umriga zomin bölgan. 

Iroq matbuot erkinligini himoya qiliş taşkiloti ma'lumotlariga köra, jangarilar jurnalistlarni öldirişdan taşqari, "IŞID nazoratidagi hududlarda hibsda saqlanayotgan jurnalistlarga doimiy azob berib keladi". Ular nafaqat advokatdan foydalaniş, balki huquqşunos bilan muloqot qiliş imkoniyatidan ham mahrumdirlar.

Taşkilotning uqdirişiça, Iroq jurnalistlari uyuşmasi jangarilardan aziyat çekkan jurnalistlarning töliq röyxatini tuzib çiqmoqda. Şundan söng, Xalqaro jinoyat sudiga ariza topşiriladi. Uyuşma xalqaro tuzilma jurnalistlar ölimi va Iroqdagi OAVga nisbatan jinoyatlarni sodir etişda terrorçi guruh jangarilarini aybdor deb e'lon qilişiga umid qilmoqda.