Moskva şahar sudi ilmiy va tibbiy jurnalist Darya Şipaçevani davlatga xiyonat qiliş aybi bilan 12 yil muddatga koloniyaga hukm qildi. Sud, şuningdek, unga nisbatan 300 ming rubl miqdorida jarima ham tayinladi. Bu haqda «Mediazona» naşri xabar berdi.
Naşr ma’lumotlariga köra, prokuratura ham 35 yoşli jurnalist uçun aynan 12 yillik jazo söragan. Himoya tomoni esa sudya Sergey Podoprigorovdan Şipaçevaning aybini tan olgani va tergov bilan hamkorlik qilganini inobatga olişni söragan. Sud muhokamasi taxminan bir yarim soat davom etgan.
Jurnalistga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi maxfiylaştirilgan. Sud yopiq tartibda ötkazilgani bois, unga aniq qanday ayb qöyilgani rasman ma’lum qilinmagan. Şu bilan birga, sud Darya Şipaçevaga tegişli 1,5 million rublni musodara qilişga ham qaror qilgan. Bunday çora, odatda, jinoiy faoliyatni moliyalaştiriş bilan boğliq işlar böyiça qöllanadi.
«Mediazona»ning jurnalist dugonasiga tayanib yozişiça, gap ma’lum bir pul ötkazmasi haqida ketgan, ammo bu mablağ Ukraina armiyasiga yuborilgan-yöqligi unga ham aniq emas.
Darya Şipaçeva 2025 yil aprel oyida Moskvada qölga olingan. Uning yaqinlariga köra, tunda maxsus kuçlar xodimlari xonadonga bostirib kirganidan keyin jurnalist bilan aloqa uzilgan. Keyinçalik u Rostov-Don şahriga olib ketilib, öşa yerda qamoqqa olingan.
Naşr ma’lum qilişiça, rasmiy ayblov e’lon qilingaç, Şipaçeva tergov bilan kelişuvga borgan.
Qölga olinişidan avval Darya Şipaçeva ilmiy va tibbiy jurnalistika sohasida faoliyat yuritgan. U RBK, «Lenta.ru», «Takiye dela», Forbes, Wonderzine va Reminder kabi qator ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilgan.













