2016 yil 9 may kuni Qirğiziston poytaxtida Ğalaba kuni munosabati bilan davlatning oliy lavozimli rahbarlari, uruş faxriylari va jamoatçilik vakillari iştirokida Ikkinçi jahon uruşida halok bölganlarni xotirlaş marosimi bölib ötadi. U kuni harbiy parad ötkazilmaydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi Bişkek şahar matbuot xizmati axborotiga asoslangan holda.
Matbuot xizmatining xabariga köra, harbiy paradlar faqat yubiley yillarida ötkaziladi. Bu yilgi xotira mitingidan söng, Respublika harbiy kuçlari boş ştabi tomonidan taşkil etiladigan harbiy dala oşxonasidan askar bötqasini ta'tib köriş mumkin böladi. Ğalaba kuni munosabati bilan poytaxtda salyut beriladi.
Bundan taşqari, şu kuni poytaxt şahri fuqarolari iştirokida "Ölmas polk" marşi ham bölib ötişi rejalaştirilgan.
Aprel oyi örtalaridagi ma'lumotlarga köra, Qirğizistonda 821 nafar Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisidan taşqari 7 ming 997 nafar frontortida mehnat qilgan mehnat faxriysi istiqomat qiladi.
Umuman, Ikkinçi jahon uruşiga Qirğizistonning uruş davridagi aholisining 6 nafardan biri, ya'ni 300 ming kişi safarbar etilgan, ularning 95 mingi qaytib kelmagan. 100ga yaqin qirğiz jangçisi vafotidan söng yoki tirikligida sobiq ittifoq Qahramoni unvoniga sazovor bölgan.







