Hind maxsus xizmatlari qora bozordagi narxi 14 mln dollar turadigan geroinni Pokistonning Panjob ştatidan Hindiston şimoli-ğarbiga ötkazişga uriniş vaqtida uşlab qolişdi, deb xabar qilmoqda Hindiston çegara kuçlari rasmiy vakili. Uning sözlariga köra, kontrabanda jönatmasi Firozpur sektorida qölga olingan.
"Çegara otryadi murakkab relefli joydagi xavfsizlik tösiğida şubhali harakatni sezgaç, tekşiriş uçun borgan çegaraçilar kontrabandaçilarning yaşirin tuynugini aniqlaşgan va unda har biri 1 kg dan 18 dona paketga joylangan tozalangan geroinni qölga kiritişgan, ammo jinoyatçilarning özlarini hibsga olişning imkoni bölmagan".
"Musodara qilingan ötkir giyohvand moddaning xalqaro qorabozordagi qiymati kamida 900 mln rupiy (14 mln dollarga yaqin)", - deb qöşimça qilgan çegara xizmati vakili.











