Buyuk Britaniya xavfsizlik taşkiloti bölmiş MI6 ning sobiq boşliği Jon Soyyers va MI5 ning sobiq rahbari Jonatan Evans mamlakat YeIdan çiqib ketsa, xavfsizlik sohasida bir qator muammolar yuzgaga kelişi haqida gapirib ötişdi. Bu haqda Sunday Times naşri yozmoqda.
«Kontrterrorizm — bu jamoaviy öyin va YeI bu borada juda yaxşi. Heç bir davlat terrorizmga qarşi yakka özi kuraşa olmaydi», — dedi razvedkaçilar.
Ularning ma'lum qilişiça, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqib ketişi, demokratiyaga qarşilar uçun aynan qöl keladi va mintaqadagi muvozanatni yöq bölişiga olib keladi.











