UYeFA Çempionlar Ligasi öyinlarini dam oliş kunlari ötkazişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Britaniyaning Times naşri xabar bermoqda. 

Naşrning ma'lumotlariga köra, bu yangilik musobaqa öyinlarida tomoşabinlar sonining köpayişiga möljallangan. Biroq Çempionlar Ligasi jadvalidagi özgarişlar davlatlar milliy çempionatlari öyinlari taqvimi rejalaştirilişi sababli 5 yildan oldin kiritilmaydi.    

Joriy mavsumdagi Çempionlar Ligasining finalida ikki ispan klubi – "Real" va "Atletiko" uçraşadigan böldi. Final uçraşuvi 28 mayda Milandagi "San-Siro" stadionida bölib ötadi.