Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) erkaklar va ayollar örtasidagi jahon çempionatlarini boykot qiliş haqidagi qarorini özgarişsiz qoldirdi. Bu haqda taşkilot FIFA xalqaro turnirlarni qisman xususiylaştiriş rejasidan rasman voz keçganidan keyin ma’lum qildi.

UYeFA bayonotiga köra, turnirlarga bölgan huquqlarni sotiş rejasidan voz keçiş boykotni bekor qiliş uçun qöyilgan şartlarning faqat bir qismini taşkil etadi.

«Futbol mohiyatini özgartirişga qaratilgan bunday urinişlar kelajakda boşqa takrorlanmasligiga aniq kafolatlar berilişi lozim. Bu şartlar bajarilgani yöq. Şuningdek, UYeFA avvalgi bayonotida FIFA prezidentiga bölgan işonç yöqolganini oçiq aytgan edi va bu pozitsiya özgarmagan», - deyiladi AFP keltirgan bayonotda.

5-avgust kuni Marokaşda bölib ötgan FIFA boşqaruvining favqulodda yiğilişidan söng xalqaro federatsiya milliy va mintaqaviy futbol taşkilotlariga yöllagan maktubida bahslarga sabab bölgan reja uçun samimiy uzr söragan va bunday holatlar takrorlanmasligiga va’da bergan.

Şu bilan birga, FIFA boş kotibi Mattias Grafstryom hamda boşqaruv a’zolari tanqidlarga qaramay, taşkilot prezidenti Janni Infantinoni qöllab-quvvatlaşini bildirgan. FIFA öz faoliyatini olingan tajribadan kelib çiqib yanada takomillaştirişini ma’lum qilgan.