Qit’a futbol birlaşmalari – UYeFA (Yevropa), KONKAKAF (Şimoliy Amerika) va OFK (Osiyo) xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) rahbariyatiga qarşi oçiq xat bilan çiqdi.
Yangi bayonotda futbol böyiça jahon çempionati huquqlarini yangi tijoriy tuzilmaga ötkaziş ehtimoli bilan boğliq mojaro FIFA iştirokisiz “taşqi ekspertlar tomonidan mustaqil tekşiruv ötkazilişini talab qilişi” ta’kidlangan.
“Futbol – sayyoramizdagi eng buyuk umumiy ehtiros. U na alohida şaxsga, na alohida taşkilotga tegişli. U öyinçilar, muxlislar, klublar, milliy assotsiatsiyalar va uning kelajagini asraş işonib topşirilgan har bir muassasaga tegişlidir. Aynan şu nuqtai nazardan biz, öz a’zolarining vakili bölgan konfederatsiyalar, bugun yagona murojaat bilan çiqmoqdamiz”, deyiladi xatda.
FIFA taşkilotining jahon çempionatini kengaytiriş borasidagi barça yutuqlarini tan olgan holda, yetakçi qit’a taşkilotlari rahbarlari xalqaro federatsiya öz xatolarini töliq tan olişdan boş tortganini da’vo qilmoqda.
“Yaqinda FIFA tomonidan vitse-prezidentlar va 211 ta milliy assotsiatsiyaga yöllangan maktubda jarayonda xatolarga yöl qöyilgani tan olingan. Bu aloqadagi uziliş sifatida körsatilmoqda, vaholanki, aslida futbol boşqaruv qarorining töliq barbod bölganiga guvoh böldi.
Qisqa muddatlarda, tegişli maslahatlaşuvlarsiz ilgari surilgan va assotsiatsiyalar uning şartlarini töğri örganib çiqquniga qadar muddatga boğlab qöyilgan taklif e’tiborsizlik natijasi emas – bu nazoratni çeklaşga qaratilgan qasddan qilingan harakat natijasidir.
Xatda taklifning özi boşidanoq tubdan notöğri bölgani tan olinmagan. Hozirgaça jahon çempionatidagi uluşni sotişga uriniş şunçaki protsessual kamçilik emas, balki FIFA aynan xizmat qilişi kerak bölgan öşa muassasalarning işonçiga nisbatan çuqur xiyonat va jiddiy muvaffaqiyatsizlik bölgani anglab yetilmagan”, deyiladi maktubda.
Xatda FIFA rahbariyatiga qöyiladigan talablar aytilmagan bölsa-da, murojaatning umumiy ohangi UYeFA, OFK va KONKAKAF tomonidan taşkilotga nisbatan işonç yöqligiga işora qiladi.
“Bular futbol öz rahbariyatidan kutadigan fazilatlar emas. Aynan şuning uçun biz yengiltaklik bilan yoki yolğiz emas, balki birgalikda – biz xizmat qilayotgan öyin oldidagi burç hissi bilan şunday pozitsiyani egalladik. Futbolning kuçi doim uning birligida bölgan. Biz uşbu birlikni hurmat qilişga va futbolga hukmronlik qilişga emas, balki unga xizmat qiladigan rahbariyatni ta’minlaşga çaqiramiz”, – deb yakunlanadi xat.

















