FIFA prezidenti Janni Infantino yana bir mojaro markazida qoldi. Bu safar – romantika mavzusi. The Telegraph naşri yozişiça, şveytsariyalik mulozim taşkilotda işlagan vaqtida ma’şuqasiga UYeFA byudjyetidan homiylik qilgan.

«Tuhmatli ayblov»

Britaniya naşri yozişiça, Infantino UYeFAda işlagan çoğida öz qöli ostidagi ayol bilan işqiy munosabatlar örnatgan. Ayolning şaxsi materialda oçiqlanmagan.

Infantino homiyligida ayolning lavozimi kötarilgan, maoşi ham 30 foizga oşgan. Bu esa hamkasblar orasida, jumladan, UYeFAning öşa vaqtdagi prezidenti Mişel Platinida savollar uyğotgan. Xabarda aytilişiça, aynan Platinining e’tirozidan keyin Janni ma’şuqasini işdan böşatişga rozi bölgan.

Şu bilan birga, işdan ketganidan keyin UYeFA tomonidan öşa ayolga olti raqamda ifodalanuvçi summada kompensatsiya tölab berilgan, şuningdek, MBA dasturi böyiça biznes maktabidagi öqişi moliyalaştirilgan (yiliga 45 ming funt sterling).

Ta’kidlanişiça, Infantino uni şu sohada boşqa bir yuqori maoşli lavozimga işga joylaştiriş uçun ham öz aloqalaridan foydalangan.

UYeFA vakili The Telegraph bilan suhbatda öşa xodim Infantino bilan munosabatda bölganini tasdiqlagan, şuningdek, ayolga tovon tölanganini tan olgan, şu bilan birga, bu tölov öşa vaqtda amalda bölgan standart tartib böyiça amalga oşirilganini qayd etgan.

«Ha, tegişli şaxsga işdan böşatilganda kompensatsiya berilgan, şuningdek, MBA dasturi böyiça öqiş uçun pul tölangan. Hammasi öşa paytda işdan böşayotgan xodimlar uçun amal qilgan qoidalarga mos kelardi. Ular 2016-yildan beri kuçaytirilgan», – deya izohlaydi The Telegraph suhbatdoşi.

FIFA esa, aksinça, bu ma’lumotni qat’iyan rad etgan. «Prezident bu ayblovlarni qat’iyan rad etadi. Ular haqiqatga mutlaqo töğri kelmaydi. Nomaqbul xatti-harakatlar yoki nizom yoki qoidalarni buzişga oid har qanday işoralar tuhmat hisoblanadi. UYeFA yoki FIFAning heç bir xodimi heç qaçon janob Infantinoning xatti-harakatlari ustidan şikoyat qilmagan, çunki u bilan boğliq heç qanday voqea sodir bölmagan», – deydi taşkilot vakili.

Ma’lumot uçun, şveytsariyalik mulozim 2001-yilda uylangan – u rafiqasi Lina Al-Aşkar bilan tört farzandni tarbiyalab keladi.