«Benfika» jamoasi futbolçisi Renatu Sanşeş keyingi mavsumni «MYu»da emas «Bavariya»da davom ettiradi.

Myunxenliklar klubi 18 yoşli xavbek bilan 2021 yilgaça şartnoma tuzgan.

«Bavariya» Renatu Sanşeş bilan oldindan qiziqib kelgan va u uçun raqbotdan ustun kelgan.

Renatu – tezkorligi, texnik mahoratlari va töp uçun kuraşlarda jangovarligi bilan jamoamizni kuçaytira olişiga işonç bildiraman», – deya bu transferga munosabatini bildirgan «Bavariya» boşqaruv kengaşi raisi Karl-Xaynts Rummenigge.

«Bavariya» jamoasi saytida uşbu mahoratli futbolçi uçun 35 million yevro tölangani tasdiqlangan. «Benfika» saytidagi xabarda esa bu miqdor bonuslar hisobiga 45 millionni taşkil etişi aytilgan.

Bundan oldinroq, uşbu iste'dodli futbolçi uçun «MYu» jamoasidan bir neça marta taklif berilgani, inglizlar jamoasi bu transfer uçun bonuslar bilan hisoblaganda jami 80 mln yevro sarflaşga tayyorligi haqida xabarlar berilgandi.

«Benfika» 18 yoşli futbolçisini «Mançester Yunayted»ga qariyb 60 mln yevro evaziga sotişga rozi böldi

«MYu» portugaliyalik 18 yoşli futbolçi uçun 80 mln yevro taklif qildi