Germaniyadan noxuş xabar. «Bavariya» klubining yoş yulduzi Jamol Musiala tört kun içida ikkinçi bor özini yomon his qildi. Germaniyalik yarimhimoyaçi bu safar «Haydenhaym» bilan örtoqlik öyini vaqtida huşini yöqotdi.
23 yoşli Musiala ilk bor 14-avgust kuni «RB Leypsig» bilan keçgan örtoqlik öyinida issiq tufayli özini yomon his qilgandi. U öşanda öyinning 83-daqiqasida, raqib darvozasini işğol etganidan bir neça daqiqa ötganida huşini yöqotgandi. Jamoadoşi Ismoil Saybari Jamolning ahvoli yaxşi emasligini öz vaqtida payqagan va yugurib kelib uni quçoqlab olgandi. U bu jonbozligi tufayli Musiala gazonga yiqilişining oldini olgandi.

Foto: Alex Grimm/Getty Images
Tibbiyot ştabi bir neça daqiqa davomida futbolçiga yordam körsatişdi. Şundan keyin Jamol mustaqil ravişda maydonni tark eta olgan. Bild ma’lumotiga köra, futbolçini öşanda issiq urgan:
«Jamol Musiala jazirama tufayli boş aylanişi va qon aylanişidagi muammolardan şikoyat qildi. Uşbu hodisadan söng «Bavariya» şifokorlari tomonidan ötkazilgan dastlabki tekşiruvlar hozirça heç qanday muammoni aniqlamadi. 23 yoşli futbolçiga bir neça kun dam oliş va tiklaniş kerak bölişi taxmin qilinmoqda».
«Bavariya» sport direktori Maks Eberl esa «Jamol bilan barçasi joyidaligi va bu eng muhimi» ekanini aytdi.
Keyingi kuni Musiala maşğulot maydoniga jismoniy tayyorgarlik böyiça murabbiy hamrohligida taşrif buyurib, driblinglarni qayta işlab, darvozaga zarbalar beriş bilan şuğullangan holda individual maşğulot ötkazgan. Maşğulot çoğida uning salomatligida muammo kuzatilmagan, u testlarni muvaffaqiyatli topşirgan.
Ammo 18-avgust kuni vaziyat takrorlandi. Musiala yana özini yomon his qildi va gazonga yiqildi. Jamoadoşlari va raqib jamoa futbolçilari şifokorlar tomonidan tibbiy yordam körsatilayotganida uni kameralardan tösiş uçun halqa hosil qilib turişdi. Köp ötmay futbolçi örnidan turdi va tibbiyot xodimlariga suyangança maydonni tark etdi. E’tiborli jihati, u zaxiradan öyinga qöşilganiga köp vaqt bölmagandi (61-daqiqada tuşgandi va 68 daqiqada almaştirildi).









