Bugun tunda nimçorak final doirasidagi ilk öyinda turnir mezbonlaridan biri Kanada himoyaçilari turnir kaşfiyotlaridan birini töxtatişi talab etiladi. U Ispaniyada tuğilgan, futbolçilik faoliyatini Belgiyada boşlagan, keyin esa Niderlandiya çempionatiga ötib, sönggi ikki mavsumda PSV safida porlagan, endi esa jahon çempionatida raqib himoyaçilarining dahşatli tuşiga aylanmoqda. Ismoil Saybari – Marokaş milliy jamoasining yangi yulduzi. U yangi mavsumda gollarini Myunxenning «Bavariya» klubida ura boşlaydi.

Nemislar klubi uning transferini jahon çempionatidan oldinroq hal qilib qöygandi. Agar klub otni vaqtida qamçilamaganida qimmatroq tölaşiga (hozirda PSV bilan 55 mln yevroga kelişilgan) töğri kelgan bölardi. 

Murabbiy topilmasi

Marokaşlik forvard guruh bosqiçida uçta gol urdi. Braziliya, Şotlandiya va Haitiga bittadan. Uning gollaridan har birini – mini-şedevr deyiş mumkin.

Braziliya bilan öyinda Saybari yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi va töpni Alison ustidan oşirib taşladi. Şotlandiya bilan öyinda – ofsayd çiziğida harakat qilgan holda ideal tarzda oçilib, jarima maydoniga kirişda töpni qabul qilib oldi va kuçli zarbasi bilan olis töqqizlikni aniq nişonga oldi. Ikki holatda ham Saybariga Braim Dias assistentlik qildi. Ispaniyada tuğilgan bu futbolçilar bir-birini juda yaxşi tuşunişadi (tom ma’noda ham, futbol tili ma’nosida ham) his qilişadi. Marokaş uçun kutilmaganda murakkab keçgan Haitiga qarşi öyinda (4:2) esa Ismoil birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Aşrafa Hakimining qanotdan oşirgan pasini qabul qildi va töpni yerlatib burçakka yölladi, bu holatda raqib darvozaboni joyidan qimirlaşga ham ulgurmadi.

Pley-offning ilk öyinida ham u muntazam ravişda Niderlandiya himoyaçilarini tahlika ostida uşlab turdi, uning van Hekke bilan dueli bu turnirdagi eng qizğin qarama-qarşiliklardan biriga aylandi (töqnaşuvlardan birida futbolçining qoşi ham yorildi), yakunda esa penaltilar seriyasida aynan Saybari sönggi zarbani aniq yöllab, jamoasini keyingi bosqiçga olib çiqdi.

Holbuki uşbu 25 yoşli futbolçi faoliyatini markaziy hujumçi sifatida boşlamagan va yaqingaça hujumkor yarimhimoyaçi yoki çap qanot vingeri ampluasida öynagan. Faqat şu yil bahorida Marokaş boş murabbiyi etib tayinlangan Muhammad Vahbiy Ismoilni u hali heç qaçon öynamagan pozitsiyaga joylaştirdi.

Bu qaror jamoaning yangilangan dinamik öyin uslubiga Afrika kubogida asosiy hujumçi bölgan va asosan boş bilan gol urişga ixtisoslaşgan Yusuf An-Nosiriydan köra jismoniy kuç va tezlikni özida mujassamlaştirgan Saybarining xususiyatlari köproq mos kelişi bilan izohlanadi. Ismoil – butunlay boşqa plandagi, köp funksiyali universal futbolçidir. U maydon böylab a’lo darajada harakatlanadi, uzoq masofadan aniq va kuçli zarba bera oladi, driblingi ham yomon emas va gol seziş qobiliyatiga ega. Mohiyatan, hozirgi sxemada Saybari hujum nayzasining uçi emas, balki «aldamçi töqqizlik» hisoblanadi.