Armanistondagi qurolli guruxlar tomonidan Ozarbayjonning qadimiy tarixiy va madaniy markazi bölmiş Şuşa şahri okkupatsiya qilinganligiga 24 yil böldi. 1992 yilning 7-8 may kunlari 250 yillik tarixga ega, Qoraboğ ölkasida Panax Ali xon tomonidan asos solingan Şuşa şahri yer yuzidan deyarli supurib taşlandi. Şaharning okkupatsiya qilinişi oqibatida ozarbayjon millatiga mansub 23 ming 156 nafar aholi kindik qonlari tökilgan makonlaridan haydab çiqarildi. 12 maydan boşlab qurolli guruxlar şaxardagi tarixiy-me'moriy, san'at va diniy yodgorliklarni buzib taşladi. Şu tariqa şahar vayronaga aylandi. Qurolli töqnaşuv oqibatida 197 şuşalik halok böldi. 300 kişi jaroxat oldi. Şu tariqa Toğli Qoraboğda milliy tozalaş jarayonlari boşlandi.

Qoraboğ xonligining yuragida joylaşgan Şuşa 1751 yildan 1797 yilga qadar fors şohlari tomonidan istilo qilingan bölişiga qaramay aslo taslim bölmagan edi. 19-20 asrlarda mahalliy aholini köçiriş siyosati olib borildi. Buning natijasi ölaroq mintaqaga arman millatiga mansub aholi köçirib keltirildi, ular öz navbatida bu yerda qadimdan armanlar istiqomat qilib kelganini isbotlaşga urinişdi.

Jahonda har bir toşi, har bir köçasi musiqa bilan qorişib ketgan şaharlar kamdan kam topiladi. Biz bu borada Avstriya poytaxti Venani, Italiyaning Neapol şahrini tilga olamiz. Ozarbayjonning Şuşa şahrini ham mana şu ikki şahar qatoriga qöşiş mumkin. Tahlilçilar Şuşani Ozarbayjon şe'riyati va musiqasining beşigi hamda ibodatxonasi, “Kavkaz konservatoriyasi” deb ataşadi. Aynan şu şaharda ozarbayjon musiqa sanatining durdonasi bölmiş “muğom” (maqom) tuğilgan.

Maşhur şoir Samad Vurğunning sözlari bilan aytganda, Ozarbayjonning deyarli barça maşhur şoir va maşşoqlari Şuşada tuğilib voyaga yetişgan. Qadimiy davrlardan to şu kunga qadar Şuşalik iste'dodli musiqaçilar ozarbayjon musiqasini nafaqat öz vatanlarida, balki butun dunyoga namoyon qildilar. Şuşa va muğomni ozarbayjonliklar bir-biridan aslo ajratişmaydi. “Agar sen muğom aytişni bilmasang, özingni Şuşalik deb ayta olmaysan” yoki “Şuşaliklar yörgakdanoq muğom ohanglari ostida yiğlaydilar” deyişadi ozarbayjonliklar. Şu sababli ham Şuşani “kuylovçi şaxar” deb ataşadi. Şuşalik xonandalarni nafaqat Ozarbayjonda, balki mintaqadagi boşqa mamlakatlarda ham hurmat qilişardi, e'zozlaşardi.

Darxaqiqat XVIII —XIX asrlarda Şuşada maşhur xonandalar tomonidan taşkil etilgan buyuk muğom maktablari faoliyat yuritgan. Bu maktablar nafaqat Kavkazda, balki butun Yaqin Şarqda maşxur bölgan. XVIII asrda aynan Şuşada maşhur şoir Mulla Panoh Voqif yaşab, ijod qilgan. Uning ijodi Ozarbayjon adabiyoti va musiqasi rivojiga ulkan hissa qöşgan. Şoirning şe'rlari xalq tomonidan qöşiq qilinib, kuylandi.