2026-yil 23-avgustda Toşkentda Özbekiston va Ozarbayjon prezidentlari huzurida pensiya taʼminoti böyiça hamkorlik töğrisidagi bitim imzolandi, deya xabar berdi Pensiya jamğarmasi axborot xizmati.
Bitimga köra, ikki davlatdagi iş stajlari pensiya miqdorini hisoblaşda birgalikda inobatga olinadigan böldi.
Şuningdek, pensiya fuqaro ikkinçi davlatga köçib ketsa ham tölanadi va kamaytirilmaydi. Pensiya tayinlaş böyiça arizalarni bir davlatga topşiriş mumkin böladi, rasmiy murojaat ikkinçi davlatga ham yuboriladi. Ikki davlatning vakolatli organlari örtasida töğridan-töğri axborot almaşiş jarayoni yölga qöyiladi.
Tayinlangan pensiya fuqaroning boşqa tomon yoki uçinçi davlat hududida yaşaşi sababli kamaytirilmaydi, töxtatib turilmaydi yoki bekor qilinmaydi. Fuqaroning arizasiga köra pensiya uni tayinlagan davlatda tölanişi yoki ikkinçi davlat hududiga ötkazilişi mumkin.

















