Neft eksport qiluvçi mamlakatlar taşkiloti aprel oyida neft qazib olişni kuniga 330 ming barrelga oşirib, 32,76 million barrelga yetkazgan. Bu 2008 yildan beri eng yuqori körsatkiçdir. Xalqaro Energetika agentligi hisobotida şu haqda ma'lum qilinmoqda.
Uşbu natijaga Eron, Iroq va BAAda neft qazib olişning köpayişi hisobiga erişilgan. Bu, öz navbatida, Kuvayt va Nigeriyadagi neft qazib olinişi pasayişining örnini töldirgan. Saudiya Arabistoni kuniga 10,20 million barrel neft qazib olgan, Eron hissasiga esa 3,56 million barrel töğri keladi.
Agentlikning fikriça, taşkilot OPeKning iyun oyida böladigan sammiti arafasida neft qazib olişni köpaytirişda davom etadi. Şu bilan birga, XEA taşkilotga kirmagan mamlakatlar neft qazib olişni pasaytirişini taxmin qilmoqda. U kuniga 800 ming barrelga kamayib, 56,8 million barrelga tuşadi.
10 may kuni, Saudiya davlat neft qazib oliş kompaniyasi Saudi Aramco rahbari Amin Nasser podşohlik 2016 yili uglevodorodlarni köproq qazib oliş rejalarini oşkor qilgan edi.
Şu kunning özida Nigeriya neft vaziri Emmanuel Kaçikvu qora oltin qazib oliş hajmini bir yarim baravar oşirib, kuniga 2,3-2,5 million barrelga yetkazişini bildirdi.
Bugungi kunda OPeK tarkibiga 13 davlat kiradi: ular orasida Saudiya Arabistoni, Eron, Iroq, BAA, Nigeriya va Venesuela davlatlari bor.











