Naşr suhbatdoşlariga köra, norasmiy tanaffus ötgan hafta boşida, Kiev va Vaşington munosabatlaridagi inqiroz avjiga çiqqan paytda boşlangan. U 3-noyabrda AQŞda ötadigan oraliq saylovlar yakunlanguniga qadar davom etişi kutilmoqda. Zarba bermaslik amaliyoti saylovlardan keyin, noyabr oyida ham saqlanib qolişi mumkin.
Reuters agentligi WSJ xabarini mustaqil ravişda tasdiqlay olmaganini bildirgan.
WSJ taʼkidlaşiça, Ukrainaning Starlink sunʼiy yöldoş aloqasi, AQŞ razvedka maʼlumotlari va Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi uçun raketalarga boğliqligi Vaşingtonning Kievga bosim ötkaziş imkoniyatini saqlab qolgan. Bu holat Tramp Oq uyga qaytgaç, Ukrainaga ajratiladigan harbiy va moliyaviy yordamning katta qismini töxtatganidan keyin ham özgarmagan.
Maqolaga köra, Tramp sönggi haftalarda Volodimir Zelenskiydan Rossiya neft zavodlariga hujumlarni töxtatişni talab qilib, jahondagi yonilği narxlari yuqoriligi uçun Ukrainani ayblagan. Matnda keltirilgan energetika ekspertlari esa narxlar oşişini asosan AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi bilan boğlamoqda.
Respublikaçi nomzodlar qimmat yoqilği 3-noyabrdagi saylov natijalariga salbiy taʼsir qilişidan xavotirda. Naşr Trampning Rossiya dizel yonilğisiga nisbatan sanksiyalarni yumşatişini ham amerikalik fermerlar va boşqa isteʼmolçilar xarajatlarini kamaytirişga uriniş sifatida izohlagan.
WSJ bilan anonimlik şarti asosida gaplaşgan ikki amerikalik amaldorga köra, Trampning kuyovi va maxsus vakili Jared Kuşner 20-oktabrda Osloda ötgan muzokaralarda Zelenskiyni Rossiya neft zavodlariga zarbalarni 30 kunga töxtatişga çaqirgan.
Uçraşuvda Zelenskiy, AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Yevropa delegatsiyalari iştirok etgan. Kuşner muzokaralarga videoaloqa orqali qöşilgan.
Manbalarning aytişiça, Kuşner özi va Uitkoff Moskva bilan uruşni tugatiş şartlari böyiça muzokaralarga köp vaqt, kuç va samolyot yonilğisi sarflayotganini taʼkidlagan. U 30 kunlik tanaffusni Ukraina öz minnatdorligini körsatişi mumkin bölgan qadam sifatida taqdim etgan.
Oslodagi uçraşuvning ertasi kuni Tramp SpaceX rahbari Ilon Maskka qönğiroq qilib, Ukraina uçun Starlink xizmatini tiklaşni söragan. Biroq WSJ suhbatlaşgan AQŞ rasmiylari Starlink faoliyatini tiklaş va neft zavodlariga zarbalarni töxtatiş masalalari özaro boğlanmaganini aytgan.

















