Novak qaysi zavodlar hujumga uçraganini oçiqlamagan. U neftni qayta işlaş korxonalariga zarbalar maʼlum tanaffusdan söng qayta boşlanganini aytgan.

«Bir muddat tanaffus böldi, bugun esa neft zavodlariga hujumlar qayta boşlandi», - degan Rossiya boş vaziri örinbosari.

Avvalroq Astra naşri va Ukrainaning monitoring kanallari guvohlarga tayanib, Samara viloyatidagi Novokuybişevsk neftni qayta işlaş zavodiga zarba berilganini xabar qilgan edi. DW maʼlumotiga köra, korxona Rossiya armiyasi uçun reaktiv yonilği ham işlab çiqaradi.

Novokuybişevsk aholisi havo hujumi haqida ogohlantiriş bölmaganidan şikoyat qilgan. Guvohlarning aytişiça, Samara viloyati gubernatori Vyaçeslav Fedorişçevning ogohlantirişi hujum boşlanganidan qariyb ikki soat ötib paydo bölgan.

DW xabari eʼlon qilingan paytda Ukraina tomoni mazkur zarbalarga rasmiy izoh bermagan.

Novokuybişevsk zavodi «Rosneft»ning Samaradagi korxonalari guruhiga kiradi. Uning yillik qayta işlaş quvvati qariyb 8,8 million tonna neftni taşkil etadi. Korxonada 20 dan ortiq turdagi neft mahsulotlari işlab çiqariladi.

Zavod avval ham hujumlarga uçragan. Astra yozişiça, 2026-yil aprelidagi zarbalar oqibatida neftni birlamçi qayta işlaşga möljallangan ikkita qurilma faoliyati vaqtinça töxtatilgan.