Moskva şahri Xovan qabristonida sodir bölgan ur-töpolonda 400 kişi iştirok etgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi Moskva şahar IIBB matbuot xizmati rahbari Sofya Xotinga asoslangan holda.

«Xovan qabristonidagi janjalda 400 kişi qatnaşgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, ziddiyat xizmat körsatiş maqsadida qabriston hududini taqsimlaş çoğida yuz bergan. Ayni vaqtda, qonunbuzarlikka çek qöyilgan». 

Xabar qilinişiça, janjal vaqtida otişma ham yuz bergan, bir neça kişi jabrlangan. 

Agentlikning huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga köra, qabristonga OMON bölinmalari safarbar etilgan. Ular janjalda iştirok etgan 100dan ortiq kişini hibsga olgan. 

Ayni vaqtda suriştiruv işlari olib borilmoqda.