Salvador hukumati Braziliyaning yangi hukumatini tan olişdan boş tortdi va özining bu mamlakatdagi elçisini çaqirtirib oldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Sançes Seren ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

"Biz Braziliyaning vaqtinçalik hukumatini tan olmaslikka qaror qildik va elçimizdan ortga qaytişini söradik", deb aytdi prezident.

Salvador taşqi işlar vazirligida Dilma Russeffning Braziliya prezidenti lavozimidan vaqtinçalik çetlatilişi "siyosiy manipulyatsiyaning aniq alomatlariga ega ekanligi va davlat töntaruvi sxemasi böyiça amalga oşirilgani" aytildi.

Avvalroq Venesuela ham Braziliyadan öz elçisini çaqirtirib olgandi.