O‘zbekiston | 16:39 / 17.05.2016
13849
2 daqiqa o‘qiladi

5 nafar rossiyalikni qatl etganlikda gumon qilinayotgan o‘zbekistonlik sud oldida javob beradi


Tula viloyati prokuraturasi besh kishini o‘ldirishda gumon qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Sirojiddin Sheraliyevga nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha xulosasini Sud e'tiboriga taqdim etdi, deb xabar qilmoqda RF Bosh prokuraturasi sayti. 

Tergovchilar uni qasddan bir necha kishini o‘ldirishda ayblashmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, Sirojiddin Sheraliyev Rossiya hududida noqonuniy istiqomat qilib kelgan. 
"G‘arazgo‘y jabrdiydalardan birining mobil telefonini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan, ammo voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lganida politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda sud mahkamasi Sheraliyevni hibsda saqlash to‘g‘risida qaror qilgan. Jinoiy ish esa ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish maqsadida Tula viloyat sudiga yuborilgan", — deyiladi xabarnomada. 

2015 yilning 30 mayiga o‘tar kechasi Tulaning Kosaya Gora qo‘rg‘onidagi xususiy uylardan birida ikki ayol va 3 nafar bolaning jasadi topilgan edi. Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, jasadlar 10 va 11 yoshdagi ikki qiz, ularning 5 yashar ukasi hamda bolalarning 29 yoshli onasi va 49 yoshli buvisiga tegishli ekani aniqlangan. O‘ldirilgan bolaning 7 yashar akasi va ayollar bilan birga istiqomat qiluvchi 37 yoshli kishi shifoxonaga yotqizilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish