«Koreya ishi»
Joriy yilning may oyida fuqarolarni Koreyaga ishlash uchun yuborishdagi yirik korrupsion sxema fosh boʻldi. Bosh prokuratura huzuridagi departament xabariga koʻra, migratsiya sohasidagi uyushgan jinoiy guruh Koreyaga ishga yuborish uchun rasmiy toʻlovlardan tashqari fuqarolardan 7-12 ming dollardan yigʻib olgan. Ular toʻplagan mablagʻ qariyb 90 mln dollarga baholanyapti.
Koʻp oʻtmay Migratsiya agentligining Koreyadagi vakolatxonasi sobiq rahbari Aziz Toshtemirov firibgarlikda gumonlanib xalqaro qidiruvga berilgani maʼlum boʻldi.
Shundan keyin u agentlik rahbari Behzod Musayevni nishonga olib, avval Migratsiya agentligining Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi uchun foydalanilgan Koreya24 Telegram-kanali orqali qator «kompramat»larni eʼlon qila boshladi.
Toshtemirovning iddao qilishicha, Musayev undan premium toifadagi «marmar goʻsht», qimmat kosmetika mahsulotlari, tish pastalari hamda brend tovarlar yuborishni muntazam ravishda talab qilib kelgan. U topshiriq berilgani aks etgan oʻzaro yozishmalarni eʼlon qildi.
Mojaroning yana bir shov-shuvli qismi Hyundai Palisade avtomobili bilan bogʻliq iddaolar boʻldi. Toshtemirovning yozishicha, Musayev unga Koreyadan ichiga maxsus divan oʻrnatilgan qimmatbaho Hyundai Palisade avtomobilini sotib olishni buyuradi.
Yana bitta jiddiy ayblov Migratsiya agentligida amalda ishlamagan xodimlar uchun oylik toʻlab kelingani bilan bogʻliq. Toshtemirovga koʻra, Behzod Musayev rahbar boʻlib kelgach, Ataxanov Nabi Agzamovich va Djabarov Baxrom Saidaxmedovich 2024-yilning noyabr oyida Migratsiya agentligiga haydovchi sifatida ishga qabul qilingan.
Ushbu xodimlardan biriga mart oyida 44,4 mln soʻm, ikkinchisiga esa 46,5 mln soʻm ish haqi hisoblangani keltiriladi. Toshtemirov ushbu maʼlumotlarni yozganidan koʻp oʻtmay, Bosh prokuratura huzuridagi Departament Migratsiya agentligida 1 mlrd soʻmdan ortiq talon-torojliklar fosh etilganini













