Dastlabki maʼlumotlarga köra, Bahrom Toşpölatov Ğuzor tumani Qovçin MFY hududidan oqib ötuvçi Qaşqadaryo daryosida noqonuniy qum-şağal qazib oliş holatlarini aniqlaş böyiça reyd tadbirida huquqbuzarlar hujumiga uçragan.

Uni şu hududda fuqarolardan biri huşsiz holatda topib, şifoxonaga olib kelgan.

Şuningdek, 6-sentabrdan 7-sentabrga ötar keçasi Ğuzor tumani Qovçin MFYning Arab qişloği hududida ekopolitsiya inspektorlari tomonidan ekologik nazorat reydi ötkazilgan.

Reyd davomida Qaşqadaryo daryosining muhofaza etiladigan hududida noqonuniy qum-şağal qazib olinayotgani aniqlangan. Ekopolitsiya xodimlari qonunbuzarlikni töxtatib, texnikani jarima maydoniga olib ketayotgan vaqtida huquqbuzarlar ularga faol qarşilik körsatgan.

Xususan, uçta avtomobilda kelgan şaxslar yölni tösib, inspektorlardan biriga tan jarohati yetkazgan. Şuningdek, jarima maydoniga olib ketilayotgan texnika vositasini olib qoçgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Ğuzor tuman prokuraturasi va IIBning tezkor-tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.