Malayziyadagi xayotning qanday afzalliklari bor?

Uşbu davlat zamonaviy infratuzilmasi, xususiy tibbiy xizmatlari, xalqaro maktablari va oliy taʼlim muassasalari bilan xorijliklar uçun qulay muhitga ega sanaladi. Mamlakatning yana bir ustunligi turli madaniyatlar uyğunlaşuvida. Malay, xitoy, hind va boşqa madaniyatlar kundalik hayot, milliy taomlar va anʼanalarda yaqqol namoyon böladi.

Malayziya Janubi-Şarqiy Osiyoning boşqa mamlakatlariga sayohat qiliş uçun ham qulay lokatsiyada joylaşgan. Şu sababli, ayrim xorijliklar bu yerni nafaqat dam oliş, balki uzoq muddat yaşaş uçun ham tanlamoqda.

MM2H dasturi nima?

Malaysia My Second Home (MM2H) – Malayziya hukumati tomonidan çet el fuqarolari uçun joriy etilgan uzoq muddatli yaşaş dasturidir. Loyiha iştirokçilari belgilangan şartlarni bajargan holda mamlakatda uzoq muddat qoliş imkoniyatiga ega böladi.

Şuningdek, MM2H köçmas mulk sotib oliş dasturi emas. Uning asosiy maqsadi talablarga javob beradigan xorijliklarga Malayziyada uzoq muddat yaşaş imkoniyatini berişdir.

Dasturning moliyaviy talablari, kategoriyalari, yaşaş muddati va boşqa şartlari amaldagi qoidalarga qarab farq qiladi.

Dastur kimlar uçun köproq manfaatli hisoblanadi?

MM2H quyidagi maqsadlarda Malayziyada köproq vaqt ötkazişni rejalaştirayotganlar uçun qiziq bölişi mumkin:

▪ oilasi bilan yaşaş;

▪ farzandlari uçun taʼlim imkoniyatlarini körib çiqiş;

▪ mahalliy tibbiy xizmatlardan foydalaniş;

▪ Malayziyada uzoq muddat qoliş;

▪ mamlakat va mintaqani köproq sayohat qiliş.

Biroq dasturga ariza berişdan oldin uning amaldagi talablarini tekşiriş muhim.