Endilikda Özbekistondagi tadbirkorlar xorijiy isteʼmolçilardan transçegaraviy QR-tölovlarni qabul qilişlari mumkin. Bu avval tuzilgan hamkorlik kelişuvi doirasida amalga oşirilmoqda, mazkur kelişuv esa mahalliy foydalanuvçilarga butun dunyo böylab tölovlarni amalga oşiriş imkonini beradi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki kömagida ötkazilgan Silk Road Finance & Technology Forum 2026 doirasida Özbekiston milliy tölov tizimi HUMO va Ant International kompaniyasining elektron hamyonlar uçun yagona tölov şlyuzi Alipay+ HUMO tölov infratuzilmasida Alipay+ işga tuşirilganini eʼlon qildi. Bu mahalliy tölov tizimlarini global savdo imkoniyatlari bilan boğlaş imkonini beradi.

Işga tuşiriş marosimida Özbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi birinçi örinbosari Nodirbek Saydullayev, Ant International prezidenti Peng Yang hamda HUMO boşqaruvi raisi Aleksandr Sotnikov iştirok etdi.
Alipay+ ga ulangan xalqaro elektron hamyonlar va bank ilovalari foydalanuvçilari endilikda Özbekistonda QR-tölovlarni amalga oşirişlari, mahalliy tadbirkorlar esa qöşimça sozlamalarsiz xorijiy sayyohlardan tölovlarni qabul qilişlari mumkin. Bu mamlakatga turistlar va tijorat oqimi ortib borayotgan şaroitda yangi mijozlarni jalb qiliş imkoniyatlarini kengaytiradi. Öziga odatlangan ilova orqali, yangi tölov vositasiga ötmasdan tölov qiliş imkoniyati sayyohlar duç keladigan tösiqlardan birini bartaraf etadi hamda mamlakat tölov infratuzilmasini xorijiy mehmonlar uçun yanada qulay qiladi.

Alipay+ va HUMO örtasidagi hamkorlik 2025-yil oktabr oyida boşlangan bölib, dastlab HUMO karta egalari Alipay+ ning tadbirkorlar uçun möljallangan global ekotizimi doirasida özlari foydalanadigan bank ilovalari orqali Özbekiston taşqarisida tölovlarni amalga oşiriş imkoniyatiga ega böldi. Endilikda hamkorlik Alipay+ xalqaro hamkorlarining elektron hamyonlari foydalanuvçilarini ham qamrab oladi: ular UzQR orqali HUMO tölov infratuzilmasidan foydalangan holda Özbekistonda xaridlarni amalga oşirişlari mumkin.

«Zamonaviy tölov bozorini endi faqat milliy çegaralar doirasida körib çiqib bölmaydi. Odamlar sayohat qilmoqda, kompaniyalar yangi bozorlarga çiqmoqda, mamlakatlar örtasidagi savdo va sayyohlik oqimlari esa ösişda davom etmoqda. Şunga mos ravişda tölov infratuzilmasi ham rivojlanişi kerak. HUMO uçun xalqaro moslik rivojlanişning asosiy yönalişlaridan biriga aylanmoqda. Bizning maqsadimiz - zamonaviy tölov imkoniyatlarini ham çet elga safar qilayotgan Özbekiston fuqarolari, ham mamlakatimiz mehmonlari uçun yanada qulay va ommabop qiliş













