AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo uruşi dunyo iqtisodiyotida yangi işlab çiqariş markazlarining paydo bölişiga sabab bölyapti. Bu jarayondan eng köp foyda körayotgan mamlakatlardan biri - Vetnam. 2026-yilning birinçi yarmida uşbu mamlakat Qöşma Ştatlar bilan 114 mlrd dollarlik savdo profitsiti qayd etdi va bu borada Xitoy, Meksika, Tayvanni ortda qoldirib, mutlaq yetakçiga aylandi.
Tarif uruşining taʼsiri
Vetnam eksportining şiddatli ravişda tez ösişida AQŞ prezidenti Donald Trampning Xitoyga qarşi tarif siyosati muhim rol öynayapti. AQŞ Xitoy mahsulotlariga bojlarni keskin oşirganidan keyin köplab kompaniyalar işlab çiqarişning bir qismini Xitoydan boşqa davlatlarga köçira boşladi. Vetnam esa bunday kompaniyalar uçun eng jozibador yönalişlardan biriga aylandi. Oddiy misol - AQŞdagi TOV Furniture mebel zavodi. Kompaniya bir yil içida mahsulot yetkazib beriş tarkibini keskin özgartirgan: avval tovarlarining 60 foizi Xitoydan, 25 foizi Vetnamdan kelgan bölsa, hozir bu nisbat teskari körinişga özgargan.
Hindiston ham AQŞ bilan savdoda katta profitsitga ega bölsa-da, uning 2026-yil birinçi yarmidagi körsatkiçi 58,4 mlrd dollarni taşkil etgan. Bu Vetnamning ijobiy tafovutidan qariyb ikki baravar kam.
AQŞ Federal rezervi iqtisodçilari tadqiqotiga köra, 2025-yilda Xitoyning AQŞga eksporti 463 mlrd dollardan 327 mlrd dollargaça kamaygan. Yaʼni Xitoy AQŞ bozorida 136 mlrd dollardan ortiq savdo hajmini yöqotdi. Xuddi şu davrda Vetnamning AQŞga eksporti 142 mlrd dollardan 201 mlrd dollargaça oşgan. Xitoy yöqotgan eksportning qariyb 59 mlrd dollarlik qismi aynan Vetnam tomonidan töldirilganiga urğu berilyapti.
«Doi Moi» dasturi
Mutaxassislarning fikriça, Vetnamning bugungi muvaffaqiyatini faqat AQŞ va Xitoy örtasidagi qarama-qarşilik bilan boğlaş notöğri. Mamlakat bir neça ön yillar davomida işlab çiqariş va eksportga yönaltirilgan iqtisodiy modelni şakllantirib keladi. Jumladan, ötgan asrning 80-yillarida Vetnam hukumati «Doi Moi» - «Yangilaniş» islohotlar dasturini boşlaydi. Aynan şu dastur tufayli qaşşoq va yopiq davlat dunyoning eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlaridan biriga aylandi.
1986-yilgaça Vetnamda qatʼiy rejalaştirilgan sotsialistik iqtisodiyot hukm surgan. Odamlar kolxozlarga öxşaş jamoa xöjaliklarida işlar, nima işlab çiqariş va uni qançadan sotişni faqat davlat hal qilardi. Bu tizim bir qator inqirozlarga olib keldi. Dehqonlarda köproq işlaş uçun rağbat yöq edi, oqibatda mamlakatda oziq-ovqat yetişmovçiligi yuzaga keldi. Sanoat töxtab qoldi, dökonlarda kundalik ehtiyoj mollarini topiş ham muammoga aylandi. Hukumat bu inqirozdan çiqiş uçun «sotsialistik yönaltirilgan bozor iqtisodiyoti» degan yangi modelni eʼlon qildi. Yaʼni davlat siyosiy nazoratni özida saqlab qolgan holda, iqtisodiyotga erkinlik berdi.
Islohotlardan bir neça yil ötib Vetnam dunyodagi eng yirik kiyim-keçak, oyoq kiyimlar va elektronika işlab çiqaruvçi markazlardan biriga aylandi. Samsung, Intel va Foxconn kabi gigantlarning yirik zavodlari aynan şu yerda joylaşgan. Çet el investitsiyalari millionlab yangi iş örinlarini yaratdi va zamonaviy örta sinf şakllandi. Jahon banki maʼlumotlariga köra, Vetnam taşqi savdosining hajmi mamlakat YaIMning qariyb 170 foiziga teng. Bu dunyodagi eng yuqori körsatkiçlardan biridir.
Nodir metallar
Vetnamning AQŞ uçun strategik ahamiyatini oşirayotgan omillardan yana biri - noyob yer metallari zaxiralaridir. USGS maʼlumotlariga köra, 2024-yil oxirida mamlakatda aniqlangan zaxiralar 3,5 mln tonnani taşkil etgan. Bu metallar zamonaviy texnologiyalar, elektromobillar va harbiy texnikalar yaratişda öta muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Xitoy dunyoda monopoliya örnatgan bir paytda, AQŞ öziga işonçli muqobil hamkor sifatida aynan Vetnamni köryapti.
Şuningdek, mamlakatning geografik joylaşuvi ham katta ustunlik beradi. Rasmiy Xanoy Xitoyga yaqin bölgani uçun yetkazib beruvçilardan butlovçi qismlarni oliş va mavjud taʼminot zanjirlariga integratsiyalaşiş nisbatan oson. Yana bir jihat şundaki, Vetnam juda köp xalqaro erkin savdo şartnomalarini imzolagan. Bu mamlakatda işlab çiqarilgan mahsulotlarning jahon bozorlariga çiqişini osonlaştiradi.
«Yolğon eksport» ayblovi
Oq uy Xitoyni AQŞga tovarlarini olib kirişda yuqori tariflardan qoçiş uçun uçinçi davlatlardan tranzit hudud sifatida foydalanayotganlikda ayblab keladi. Vetnam ham Qöşma Ştatlarga noqonuniy tranzit qiliş xavfi yuqori bölgan davlatlar qatoridan joy olgan. Bu jarayon tovarlarni qayta qadoqlaş, hisob-fakturalarni özgartiriş, yorliqlarini almaştiriş yoki qisman qayta işlaş orqali amalga oşirilişi taʼkidlanadi. Oq uydagilarda Vetnam eksportining keskin oşib ketişida aynan şu reeksport sxemalarining uluşi katta, degan xavotirlar mavjud. Tramp maʼmuriyati buni «Buyuk tranzit firibgarligi» deb atayapti.
2025-yil avgustida AQŞ Vetnam mahsulotlariga 20 foizlik boj joriy qilgan va Xitoy komponentlaridan foydalangan holda mamlakatda yiğilgan mahsulotlarga nisbatan yanada yuqori tariflar joriy etiş bilan tahdid qilgan. Ammo bu hozirça eksportning ösişini töxtata olmadi.
Vetnam «yangi Xitoy» böla oladimi?
Vetnam investitsiyalar markaziga aylangan bölsa-da, iqtisodçilar vaziyatga real qaraşni maslahat berişyapti. Hozirda mamlakat arzon işçi kuçi va demografik ösiş hisobiga yuksalyapti. Aholi jon boşiga yalpi içki mahsulot hajmi atigi 5 ming dollar atrofida. Bu Xitoydagi körsatkiçdan karrasiga kamroq. Bundan taşqari, Vetnam eksportining jadal ösişida Xitoy kompaniyalari va Xitoydan kelayotgan butlovçi qismlarning roli katta. Şu sababli mamlakat eksportining bir qismi aslida Vetnamda yaratilayotgan qöşilgan qiymatni töliq aks ettirmasligi mumkin.
Umuman olganda esa, bugungi yutuq birgina Tramp tariflari natijasi emas. Xitoy va AQŞ örtasidagi savdo qarama-qarşiligi Vetnam uçun allaqaçon mavjud bölgan sanoat bazasi, qulay geografik joylaşuv, arzonroq işçi kuçi va oçiq savdo siyosatini yangi bosqiçga olib çiqiş imkonini berdi. Natijada rasmiy Xanoy AQŞ bozori uçun nafaqat arzon işlab çiqariş maydoniga, balki elektronika va yuqori texnologiyali mahsulotlar işlab çiqaradigan muhim global markazga ham aylanyapti.
















