Navoiy viloyatining Zarafşon şahri va Tomdi tumani çegaralarini özgartiriş böyiça Senatning tegişli qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Tomdi tumani hududidan 2 459 gektar yer maydonini Zarafşon şahri tarkibiga ötkaziş nazarda tutilmoqda.
Yangi hududlarni özlaştiriş natijasida 250 dan ortiq sanoat va işlab çiqariş loyihalarini amalga oşiriş, 90 ta ijtimoiy soha obyekti, şuningdek, 500 dan ortiq savdo-maişiy va xizmat körsatiş nuqtalarini taşkil etiş rejalaştirilgan.
Şu bilan birga, yangi hududlarda turar joylar barpo etiş bilan bir qatorda, aholini içimlik suvi, elektr energiyasi, yöl, kanalizatsiya va boşqa zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlaş imkoniyatlari yaratiladi.
Qayd etilişiça, mazkur taşabbus Zarafşon şahrining istiqbolli rivojlanişi, hududning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalaniş, investitsiyalarni jalb etiş, aholi uçun munosib yaşaş şaroitlarini yaratiş hamda yangi iş örinlarini taşkil etiş maqsadida işlab çiqilgan.
















