Gollivud aktrisasi Anjyelina Joli taşqi körinişi bilan yana bir bor ommani hayratga soldi. Şov-şuvlarga qaraganda, aktrisaning yaqinlari uni ozroq bölsada vazn olişini yolvorib söraşayotgan ekan.
Joli qoçqinlar masalasi böyiça jonli efirda intervyu berayotgan paytda, köpçilikning e'tibori bir narsaga qaratildi. Bir qaraşda, aktrisa odatiy körinişda edi, kiyib olganbejirim kuylagi tizzalaridan biroz kötarilib turardi. Taqinçoqlar bilan yasangan, makiyajni minimum işlatgan edi.
Aynan şu efir vaqtida Joli jurnalist ayol bilan gaplaşgani ötirdi va şunda uning oyoqlari körinib ketdi. Unda aktrisaning çöpdek ozib ketgan oyoqlari yaqqol körinib turardi.

Aytişlariga qaraganda, uning yaqinlari ozroq bölsada, vazn töplaşini iltimos qilişayotgan ekan. Anjyelenaning özi esa, judayam ajoyib körinişga ega ekanligini va özgarişga ehtiyoj sezmayotganini ta'kidlab ötgan.
Yana bir ana şunday şov-şuvlardan biri aktrisaning vazni 35 kilogrammga tuşib ketgani haqidagi gap-sözlardir. Mutaxassislarning fikriça, Joli yana beş kg.ga ozsa, unda ölim bilan yuzma-yuz keladi.







