Avtomobil örindiqlari şundoq ham öz vazifasini ajoyib tarzda bajarayotgan bölsa, ularni takomillaştiriş şartmikan, degan savol tuğilişi tabiiy. Biroq BeBop Sensors kompaniyasi muhandislari bunday fikrda emas. Şu boisdan ham ilmiy laboratoriyalarda işlab çiqilgan tizimli örindiqlar, unda katta yoşli kişi yoxud bola ötiribdimi yoki şunçaki dökon paketlari turganini yuqori aniqlik bilan biladi. 

BeBop Sensors xodimlarining fikriça, bugungi kun avtomobil örindiqlari aslida axmoqligi sabab, talabga javob bermaydi. Ularni aqlliroq qiliş uçun  OCS (Occupant Classification System) tizimi işlab çiqildi. U 1 mm qalinlikdagi çexol körinişida bölib, yuzlab turli sensorlardan işlab çiqarilgan. Mazkur tizim, yölovçining ölçami, vazni hamda uning çexol ustidagi har qanday harakatini kuzatib tura oladi. Şu bilan birga, sensor örindiqqa bolalar kreslosi yoki sumka qöyilganini ham ajrata oladi. 

Avtomobil bortkompyuteri avtohalokat vaqtida OCS tizimi yordamida xavfsizlik yostiqçasini, yölovçining vazni, yoşi va egallagan holatidan kelib çiqib aniqroq yönaltiradi. Bu esa, yöllardagi xavfsiz sayohatlar sonini köpaytiradi. Ayni vaqtda, BeBop Sensors yirik avtomobil işlab çiqaruvçilari bilan öz ixtirosini qöllaş borasida faol muzokaralar olib bormoqda.