Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprio öz uyida bir haftalik dam olişni savdoga qöydi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar qildi. Xaridor 300 ming yevro evaziga artistning Palm-Springs (AQŞ)dagi apartamentlarida yaşab köriş imkonini qölga kiritdi. 

Kim oşdi savdosi OITSni tadqiq qiliş Amerika jamğarmasi tomonidan taşkillaştirilgan xayriya auksioni doirasida Fransiyaning Lojuvard qirğoğida (Cote d'Azur) bölib ötdi. 

Di Kaprioning aytişiça, kim oşdi savdosi ğoliblari yaşaydigan paytda u uyida bölmaydi. 
Di Kaprioning uyida 12 mehmonning bir hafta yaşaşi 300 ming yevroga sotildi. Ikkinçi hafta esa 100 ming yevroga öz egasini topdi.