Rasmiy Bryussel "ikki xil siyosat yuritişdan voz keçmas ekan", Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan barça kelişuvlarni töxtatadi. T24 telekanalining xabar qilişiça, Turkiya prezidenti maslahatçisi Yigit Bulut şunday bayonot bergan.

Mamlakatning terrorizmga qarşi kuraşga oid qonunçiligi qayta körib çiqilmasligini bildirgan Bulut, Turkiyaning YeIga nisbatan boşqa da'volariga oydinlik kiritmagan. 

Ma'lumki, may oyi boşlarida, Yevrokomissiya Turkiya fuqarolari uçun viza çeklovlarini bekor qiliş taklifini bildirgan edi. Buning uçun, Anqara iyun oyi oxirigiça, YeIning qolgan şartlarini bajarişi talab etilardi. 

Biroq prezident Rajab Toyib Erdöğan terrorizmga qarşi kuraş töğrisidagi Turkiya qonunçiligini özgartirişdan boş tortgaç, 11 may kuni Yevropa parlamenti vizalarni bekor qiliş böyiça muhokamalarni töxtatişga qaror qildi.