Turkiyaning YeIga a'zo böliş istiqbollari muhim ahamiyatga ega, ammo bu Turkiya oldidagi yagona tanlov emas, deb bayonot bergan mamlakatning YeI işlari böyiça yangi vaziri Umar Çelik, sobiq vazir Vulqon Bözqirdan vakolatlarni qabul qiliş marosimida. 

"YeIga a'zo böliş masalasi, hukmron partiya hokimiyat tepasiga kelgaç, Davlat siyosati darajasiga kötarildi. Biz uni davom ettirişni xohlaymiz, ammo YeI özining qonuniy huquqlarini himoya qilib, mamlakat tinçligiga rahna soluvçi terrorizmga qarşi kuraş olib borayotgan Turkiyaga nisbatan ikki xil siyosat yuritişiga ham yöl qöya olmaymiz. Albatta, Turkiyaning YeI bilan munosabatlari teng huquqlilik negizida barpo etilgan. Turkiya uçun YeI tarkibiga kiriş muhim masala, ammo bu yagona tanlov emas", — degan Umar Çelik.

Eslatib ötamiz, YeI Turkiya fuqarolariga vizasiz tartibni joriy qiliş uçun, mamlakatning terrorizmga qarşi kuraş böyiça qonunçiligini özgartirişni talab qilmoqda. 

Turkiya davlat rahbari Erdöğan esa, Turkiya özining aksilterror qonunini özgartirmasligi haqida bayonot bergan va YeIni ikkiyuzlamaçilikda ayblagandi.

Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravişda xabardor böliş uçun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo böling.