Qozoğiston hukumati tomonidan körilayotgan çoralar va tengening suzuvçi kursi joriy qilinişi, mamlakat iqtisodiyotini, xomaşyo narxlarining arzonlaşuvi hamda qöşni mamlakatlar taraqqiyot sur'atlarining pasayişidan himoya qilişda qöl kelmoqda. 

Xalqaro valyuta jamğarmasi rahbari Kristin Lagard Qozoğistonga taşrifi sönggida şunday fikrlarni bildirib ötgan. Uning sözlariga köra, kelajakda mamlakat iqtisodiy siyosatni modernizatsiya qiliş, yanada ta'sirçan va şaffof moliya institutlarini taşkil etiş hamda mintaqaviy va global bozorlar bilan hamkorlik qiliş böyiça jiddiy işlarni amalga oşirişi lozim. 

Lagard Ostonaga taşrifi çoğida Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev, hukumat a'zolari, mintaqaning boşqa mamlakatlari yuqori lavozimli vakillari bilan uçraşuvlar ötkazib, Markaziy Osiyo Yevropani Xitoy bilan boğlovçi öziga xos köprik vazifasini bajarişi mumkin, degan fikrni ilgari surgan.