«Arsenal»ning öng qanot himoyaçisi Ektor Belerin «Barselona» jamoasining yozgi transferlardagi asosiy maqsadlaridan biri bölib turibdi.

Kataloniyaliklar klubi uşbu 21 yoşli futbolçini Daniel Alvesning munosib örinbosari sifatida körmoqda. Alves yozda «Yuventus» safiga borib qöşilişi kutilmoqda.

Sport.es naşri ma'lumotiga köra, «Arsenal» Belerin uçun taklif yuborgan «Barselona»ga futbolçining transfer bahosi kamida 40 million yevroni taşkil etişi haqida javob qaytargan.

Joriy mavsumda APLning 36ta turidagi öyinlarda iştirok etgan yoş futbolçi 1 gol urgan va 5ta golli uzatma muallifi bölgan. U mavsumning ramziy terma jamoasiga ham kiritildi. Qayd etiş kerakki, Belerin kataloniyaliklar jamoasi maktabi tarbiyalanuvçisi hisoblanadi.