Kompyuter xavfsizligi böyiça mutaxassis Kris Tomas AQŞ mudofaa vazirligi nima uçun yadro qurollari boşqaruv tizimi ma'lumotlarini saqlaşda 8 dyuymli disketalardan foydalanişini tuşuntirib berdi, deb yozmoqda Tech Insider.
Tomasning aytişiça, vazirlik disketasini öqiş uçun foydalaniladigan IBM Series 1 kompyuteri internet va boşqa tarmoqlardan butunlay uzib qöyilgan. Bu esa, öz navbatida, uning xavfsizligini ta'minlaydi. Şu sababli, uni buziş uçun qurilmadan bevosita foydalaniş lozim. Bundan taşqari, uşbu hisoblaş texnikasi özining sifatini bir neça bor namoyiş etgan.
«Zaxira nusxalariga ega disketalar ham yaroqsiz holga kelmagunça va yangi disketalar mavjud bölar ekan, undan 40 yildan köp vaqtdan beri foydalanişga tösqinlik qiladigan biron sabab yöq», — degan Tomas.
Bundan avval, AQŞ hisob palatasi, öz hisobotida mamlakat ma'muriyatlarida eskirgan texnikalardan foydalanilayotgani xususida söz yuritgan edi. Xususan, mudofaa vazirligi ixtiyorida 40 yil avvalgi kompyuterlar mavjudligi qayd etilgandi.







