«Turkiston» saroyida Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan konsert namoyiş etildi. Bu haqda “ÖzA” xabar bermoqda.

“Sen yolğiz emassan” Respublika jamoatçilik bolalar jamğarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toşkent şahar hokimligi va bir qator taşkilotlar hamkorligida taşkil etilgan tadbirda yoş avlodni heç kimdan kam bölmagan insonlar etib tarbiyalaş, ularga mehr va ğamxörlik körsatiş kabi azaliy qadriyatlarimiz öz ifodasini topdi.

Bayram tadbiriga poytaxt va Toşkent viloyatidagi Mehribonlik va Muruvvat uylari, Toşkent şahar «SOS – bolalar mahallasi» tarbiyalanuvçilari, alohida e'tiborga muhtoj bolalar taklif etildi.

Tadbirda bolalar folklor, raqs ansambllari jamoalari, «Barkamol avlod» ijodiyot markazlari va Mehribonlik uylari qoşidagi tögaraklarning iqtidorli öğil-qizlari kuy-qöşiqlar ijro etdi. Soğlom turmuş tarzini tarğib qiluvçi körgazmali çiqişlar barçaga manzur böldi.