Fransiyadagi Koye şahri yaqinida yengil ikki motorli sayyohlik samolyoti halokatga uçradi. Bu haqida mintaqaning qutqaruv xizmati xabar qildi.
Samolyotning qulaşi natijasida bir kişi halok böldi, yana bir kişi oğir jarohat oldi. 1 iyun kuni keçqurun Lion şahri qutqaruv markaziga taxminiy koordinatalari körsatilgan samolyotdan avtomatik signal kelib tuşdi va darhol qidiruv işlari yölga qöyildi.
Samolyot daladan topilgan, u qulayotgan vaqtida katta daraxtga urilgan va ağdarilib ketgan. Samolyotning içidagi kişilardan biri halok bölgan, ikkinçisi esa oğir jarohat olib, qutqaruvçilar uni zörğa olib çiqişdi. Bir neça soat davom etgan qutqaruv operatsiyasida 40 nafar qutqaruvçi iştirok etdi. Jabr körgan ikkinçi yölovçi vertolyotda eng yaqin şifoxonalardan biriga yetkazildi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, samolyot xususiy aerodromlarning biridan uçişni amalga oşirgan.







