Milliarder Ilon Mask öziga tegişli SpaceX kompaniyasining 2024 yilda odamlarni Marsga yuborişga umid qilayotganini bildirdi.
"Agar bu sizga eriş tuyulsa, unda siz kosmosning tijorat segmenti rivojlanişini kuzatmas ekansiz. Hammasi rejadagidek ketsa, biz odamlarni 2024 yilda ketib, 2025 yilda qaytadigan qilib jönatişimiz mumkin", -dedi Mask.
Mask - maşhur inson. U PayPal'ni sotib, kompaniya sotuvidan olgan pullarga xususiy tijorat kompaniya hisoblangan - Tesla va SpaceX elektromobillarini işlab çiqaruvçi kompaniyani yölga qöydi. Nisbatan qisqa vaqt içida SpaceX köp narsalarga erişdi, köp martali Falcon raketasi va zaxiralarni yetkazib hamda töldirib beruvçi Dragon qurilmasi şu kompaniya tomonidan işlab çiqilgan. Hozirda yanada qudratliroq Falcon Heavy raketasi işlab çiqarilmoqda.
2018 yilda SpaceX Mars sayyorasiga heç qanday bort personalisiz Dragon kapsulasini yöllaydi. Mask SpaceX kompaniyasiga Marsda insoniyat yaşaşi uçun texnologiyani rivojlantiriş maqsadida asos solgan, şunday ekan, hozirça barçasi rejadagidek ketmoqda.
"Asosiy reja şundan iboratki, biz Marsga 2018 yildan boşlab har imkon bölganda missiya jönatamiz. Har 26 oyda buning uçun imkoniyat paydo böladi. Biz Marsga yuk taşişni ham yölga qöyamiz. Bu Marsda şahar yaratiş ğoyasini qöllab-fuvvatlaş uçun zarur", - ma'lum qildi Mask.
Oldinda qilinişi kerak bölgan işlar köp. Hozirgi vaqtda bunday missiyani amalga oşiriş uçun qudratli raketa yöq. Bugungi kunga qadar yaratilgan eng qudratli raketa "Saturn-5" bölgan, uning yordamida "Appolonlar" Oyga uçişgan. Biroq bu 50 yil avvalgi gap.







