AQŞ prezidentligi uçun Demokratlar partiyasidan nomzod bölmiş Hillari Klinton Nyu-Meksiko ştatida ötkazilgan praymerizda (birlamçi saylovlar) ğalaba qilmoqda. Bu haqda AR xabar tarqatgan.

Demokratlarning birlamçi saylovlari Nyu-Meksikodan taşqari Kaliforniya, Montana, Nyu-Jyersi va Janubiy Dakotada ötadi, Şimoliy Dakotada esa kokuslar — partiya faollari yiğilişlari bölib ötadi. Demokratlar 806 delegatni saralab oladi, şulardan 546 nafari — Kaliforniyadan, 142 nafari — Nyu-Jyersidan.
Kampaniyaning oxirgi kuni 14 iyun böladi — öşanda birlamçi saylovlar Kolumbiyada ötkazilib, milliy s'yezd uçun oxirgi 45 delegat saylanadi.
Birinçi bosqiç yakunlangaç, 25-28 iyul kunlari demokratlar Filadelfiyada (Pensilvaniya ştati) ötkaziladigan s'yezdda partiyaning AQŞ prezidentligi uçun rasmiy nomzodini ilgari surişadi. AQŞning sobiq birinçi xonimi uçun praymeriz quruq rasmiyatçilik, xolos. Hillari Klinton şu paytga qadar 2383 saylovçining qöllab-quvvatlaşiga erişgan — bu rasman prezidentlikka nomzod körsatilişi uçun yetarli hisoblanadi.






