Kremniy vodiysi asosçilaridan biri, Kaliforniya ştatining Belvedere şahridagi uyida vafot etdi.

Reyter agentligi xabarida aytilişiça, leiner Perkins Caufield and Bers firmasi asosçisi 84 yoşda edi.

Ötgan asrning 60-yillarida Perkins lazerlar işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi University Laboratories kompaniyasini taşkil etgan edi. Şu bilan bir paytda u Hewlett Packard kompaniyasining tadqiqot bölimida faoliyat olib bordi. 1972 yilda Perkins Kremniy vodiysining eng maşhur va omadli vençur firmasiga aylangan Kleiner & Perkins kompaniyasining asosçilaridan biri böldi.

U, şuningdek, Tandem Computers, Compaq Computer va LSI Logic kabi kompaniyalarni moliyalaştiriş va rivojlantirişda asosiy rol öynagan. U köplab kompaniyalar, jumladan, Hewlett Packard’ning direktorlar kengaşi tarkibiga kirgan.