Rossiya Amerika harbiy dengiz kuçlari kemalarining Qora dengizga kirişiga javob berişni rejalaştirmoqda. Kreml ma'muriyati, AQŞ harbiy dengiz kuçlarining harakatini, kuç körsatiş deb baholagan. 

Rossiya taşqi işlar vaziri umumevropa hamkorligi departamenti direktori Andrey Kelinning «RIA Novosti» bilan muloqotida aytişiça, albatta, dengizda suziş erkinligi va undan tinç ötib ketiş huquqi mavjud. Şu bois Amerika kemalarining harakatida jiddiy bir qaltislik mavjud emas. 

Biroq mulozim özaro «munosabatlardagi keskinlikning taranglaşuvi va kuçayişi»ni qayd etgan. Uning fikriça, Amerika harbiy kemalarining NATO sammiti arafasida Qora dengizda paydo bölişi öz kuçini namoyiş etişdan boşqa narsa emas. 

5 iyun kuni AQŞ oltinçi floti tarqatgan xabarga köra, Amerikaning Porter esminetsi «Qora dengiz mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlikni yaxşilaş maqsadida ittifoqçi hamda hamkorlari bilan patrullik qiliş uçun uşbu dengizga kiradi». 

Montre konvensiyasiga binoan, AQŞ esminetsi Qora dengizda 21 kun tura oladi. Çunki, xalqaro hujjatga köra, Qora dengiz davlatlari bölmagan mamlakat kemasi dengizda şunça muddatdan ortiq vaqt turişga haqqi yöq.