"Mançester Yunayted"ning sobiq boş murabbiylari Aleks Fergyuson va Devid Moyyes 2016 yilgi Yevropa çempionatida UYeFAning texnik kuzatuvçilari qatoriga kiritildilar. Bu haqda UYeFA matbuot xizmati ma'lum qildi.
Hammasi bölib texnik kuzatuvçilar tarkibiga 13 nafar sobiq futbolçi va murabbiy kiritildi, ular orasida nemis Tomas Şaaf, serb Savo Miloşeviç, ingliz Garet Sautgeyt, fransuz Alen Jiress bor. Ular har bir uçraşuv natijasiga köra uçraşuvning eng yaxşi öyinçisini aniqlaşadi. Şuningdek, ular musobaqaning eng yaxşi öyinçisi, eng yaxşi yoş öyinçisi nomini aytişadi va ramziy terma jamoasini aniqlaşadi.
Fergyuson "Mançester Yunayted"ga 1986 yildan 2013 yilgaça murabbiylik qilgan. U bu davr içida 13 marta Angliya çempioni, 5 marta Angliya kubogi sohibi bölgan, 2 marta Çempionlar Ligasini qölga kiritgan. 1999 yilda bir mavsumning özida Angliya çempioni, Angliya kubogi va Çempionlar Ligasi ğolibi unvonlarini qölga kiritgaç, ritsar darajasiga kötarilgan.
Fergyusonning örnini egallagan Moyyes 2013/14 yillardagi mavsum yakunlanişiga bir neça tur qolganda qoniqarsiz natijalar uçun iste'foga çiqarilgandi. U şundan keyin Ispaniyaning "Real Sosedad" klubida faoliyatini davom ettirgan.







