23-24 iyun kunlari Özbekistonda ŞHT davlat rahbarlarining oliy darajadagi sammiti bölib ötadi. Şu munosabat bilan, mamlakat poytaxtida qöşimça xavfsizlik çoralari köriladi.
Oliy darajadagi xalqaro anjumanlarni ötkaziş borasida jahon tajribasidan kelib çiqqan holda, Sammit xavfsizligini ta'minlovçi maxsus xizmatlar, joriy yil 16 iyunidan boşlab, fuqarolar uçun Özbekiston poytaxtiga kiriş va çiqişni taqiqlaşga qaror qilgan, deb xabar qilmoqda nuz.uz sayti.
Respublika IIVdagi manbaga köra, şaharga kiriş barça turdagi avtomobil va temiryöl transporti uçun yopiladi. Bunday çoralar, ayrim aviataşuvçilar uçun ham qöllaniladi. Toşkentga kirişga joriy qilingan vaqtinçalik taqiqlaş davlat rahbarlarining Özbekistondan ketişi bilan bekor qilinadi.
Şahar içidagi barça jamoat transportlari esa jadvalda belgilangan tartibda harakatini davom ettiradi.







