22 iyunda germaniyalik sobiq sanitar, 2015 yilda ikki bemorni öldirgani uçun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan 39 yoşli Nils X. yana 33 ta qotillikda gumon qilinayotgani ma'lum böldi.
Oldenburg prokuraturasi ma'lumotlariga köra, tibbiy xodim Delmenxorstdagi şifoxonada ukol yordamida 33 kişini hayotdan mahrum qilgan. Bunday taxminlarga 99 ta eksgumatsiya qilingan jasadning tahlili natijalari asos böldi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Gumonlanuvçi uni bu jinoyatga undagan narsa zerikiş bölganini tan oldi.
Nils X. bunday qabihlikka qöl urgan yagona tibbiy xodim emas. Yaqinda ukrainalik şifokor Aleksandr Çernov yaralangan ayirmaçilarni "duşman" deb hisoblagani uçun öldirganini tan oldi. U "duşmanlarga" ularga belgilangan dorilar yordamida maksimal ziyon yetkazişga uringani haqida sözlab bergan.







