“Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 23 iyun kuni Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşining Toşkent sammiti iştirokçilari uçun konsert namoyiş qilindi.
Şanxay hamkorlik taşkiloti uçun bunday tadbirlarning ötkazilişi an'anaga aylangan.
Soat 18.00. Zalga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin, Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Afğoniston Islom Respublikasi Prezidenti Aşraf Ğani, Möğuliston Prezidenti Tsaxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn, Hindiston Respublikasi Boş vaziri Narendra Modi, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, ŞHT Boş kotibi Raşid Alimov kirib keladilar.
Yiğilganlar oliy martabali mehmonlarni gulduros qarsaklar bilan kutib oladilar.

ŞHT Davlat rahbarlari kengaşining yubiley sammiti konsert bilan boşlanganida çuqur ramziy ma'no mujassam. Zero, madaniyat va san'at xalqlarning özaro yaqinlaşuvi va bir-birini anglaşi uçun öziga xos vositadir, binobarin, musiqa çegara va masofa bilmaydi. Şu bois “Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida döstlik va hamkorlik muhiti hukm surdi.
Oliy martabali mehmonlar e'tiboriga özbek xalqining milliy aşula va raqslari, şuningdek, jahon opera san'atining eng sara asarlaridan namunalar havola etildi.
Özbekiston san'at ustalarining çiqişlari olqişlar bilan kutib olindi. Özbekiston xalq artisti Munojot Yölçiyeva ijrosidagi “Ul kim jonon” aşulasi tinglovçilarda unutilmas taassurot qoldirdi. “Özbekiston” va “Navröz” raqs ansambllari ijrosidagi “Raqslar guldastasi” xoreografik kompozitsiyasi özbek raqs maktabining butun körku jozibasini namoyon etdi.

“Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivali ğolibi Nodira Pirmatova “Ey dilbari jononim” aşulasini YuNeSKOning Reprezentativ röyxatiga kiritilgan katta aşula uslubida ijro etdi.
Özbekiston yoşlar simfonik orkestri P.Çaykovskiyning “Yevgeniy Onegin” operasidan lavha ijro etdi. Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston davlat akademik katta teatri xonandalari Ş.Gunoning “Romeo va Juletta” operasidan Juletta valsini kuyladi.
Özbekiston xalq artisti Normömin Sultonov va «Nihol» mukofoti laureati Ma'suma Boltaboyeva «Mening jonajon Xitoyim», Özbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova «Qadrdonlarim» aşulalarini xitoy tilida ijro etdi. Qozoq, qirğiz, tojik, turkman, qoraqalpoq xalqlarining aşula va raqslari ham ijro etildi. Özbekistonda xizmat körsatgan artist Jyenisbek Piyazov «Menga bergil kuylarni», xalqaro tanlovlar laureati Milena Matmusayeva «Sevgi sadosi» deb nomlangan maşhur rus aşulalarini kuyladi. Kontsert dasturi ŞHTga a'zo davlatlarning boy madaniyati bilan yanada yaqindan tanişiş imkoniyatini berdi.

Ijro etilgan har bir kuy-qöşiqda insonga mehr-muhabbat, özaro hurmat, bağrikenglik, millatlararo totuvlik, milliy va umumbaşariy qadriyatlarga ehtirom yuksak pardalarda tarannum etildi. Kontsert nihoyasida “Jon Özbekiston” kompozitsiyasi yangradi.










Mehribon Mametova, A'lo Abdullayev (surat), ÖzA











