Qirğizistonning Çölponota şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga a’zo davlatlar Taşqi işlar vazirlari kengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov iştirok etdi.

“Bugun Çölponota şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga a’zo davlatlar Taşqi işlar vazirlari kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etdik. Bölajak ŞHT sammitiga tayyorgarlik köriş doirasida taşkilot faoliyatining ustuvor yönalişlari, köp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş, iqtisodiy va transport-logistika aloqalarini kengaytiriş, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlaşga oid dolzarb masalalarni muhokama qildik. Yiğiliş yakunida qator hujjatlarni imzoladik”,  – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining telegram-kanalida.

Baxtiyor Saidov şuningdek, kengaş yiğilişi doirasida Qirğiziston taşqi işlar vaziri Jeenbek Kulubayev, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov, Qozoğiston taşqi işlar vaziri Yermek Koşerbayev, Eron taşqi işlar vaziri Abbos Arağçi, Pokiston taşqi işlar vaziri Muhammad Işoq Dar bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Özbekiston taşqi işlar vazirining bildirişiça, uçraşuvlarda ikki tomonlama kun tartibidagi hamda dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almaşildi.