31-avgustdan 1-sentabrga qadar Bişkek şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotining 25 yilligiga bağişlangan yubiley sammiti ötkazildi. Özbekiston prezidenti öz nutqida keskinliklarni yumşatiş muhimligiga urğu bergan holda, Yaqin Şarqdagi vaziyatning rivoji alohida taşviş uyğotayotganini taʼkidlab ötdi. Hindiston boş vaziri dunyodagi qurolli töqnaşuvlar, xususan, Rossiya-Ukraina uruşini zudlik bilan töxtatiş böyiça töğridan-töğri va qatʼiy çaqiriq bilan çiqdi. «Uruşning har bir kuni insoniyatni orqaga tortyapti. Harbiy harakatlarni tugatişga ötiş kerak», dedi Modi Putinga.
Qirğiziston poytaxti Bişkekda 31-avgust - 1-sentabr kunlari Şanxay hamkorlik taşkilotining 25-sammiti bölib ötdi. Sammitda taşkilotga aʼzo barça davlatlar yetakçilari iştirok etdi. Ular yangi xavfsizlik markazlarini yaratiş, giyohvand moddalarga qarşi kuraşda hamkorlikni kengaytiriş, raqamlaştiriş, ekologiya va logistika masalalarini muhokama qildi.
«Iqtisodiy soha ŞHT samaradorligining boş körsatkiçi» - Şavkat Mirziyoyev

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev öz nutqida keskinliklarni yumşatiş muhimligiga urğu bergan holda, ayniqsa Yaqin Şarqdagi vaziyatning rivoji alohida taşviş uyğotayotganini taʼkidlab ötdi.
«Uçraşuvimiz geosiyosiy böliniş, işonç taqçilligi ortib borayotgan, mojarolar keskinlaşayotgan va xalqaro huquq yemirilayotgan bir davrda ötmoqda. Yaqin Şarqdagi vaziyatning rivoji alohida taşviş uyğotmoqda. Biz mintaqada muloqotni qayta tiklaş va keskinlikni yumşatişning qatʼiy tarafdorimiz», dedi Özbekiston prezidenti.
Şavkat Mirziyoyev «ŞHT-2040: umumiy taraqqiyot makoni» konseptual qaraşini işlab çiqişga kirişiş taklifi bilan çiqdi.
«Uning asosiy maqsadi investitsiyalar, texnologiyalar va bilimlar erkin almaşiniladigan, yirik infratuzilma va sanoat loyihalari amalga oşiriladigan, mintaqalar, biznes va odamlar örtasidagi töğridan-töğri aloqalar kengayib boradigan özaro boğliq va barqaror makonni şakllantirişdan iborat bölişi lozim. Iqtisodiy soha ŞHT samaradorligining muhim ustuvor yönalişi va boş körsatkiçi hisoblanadi», dedi Özbekiston rahbari.
«Kuç işlatiş va tahdid madaniyati ötmişda qolişi kerak» - Töqayev

Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev öz sözini dunyoda kuç işlatiş mafkurasidan voz keçiş va xalqaro huquq ustuvorligini tiklaş zarurligini taʼkidlaşdan boşladi. U geosiyosiy raqobat örnini özaro masʼuliyat egallaşi kerakligiga urğu berdi.
«Biz geosiyosiy raqobat va sanksiyalar örnini özaro masʼuliyat hamda uzoq muddatli strategik şeriklik egallaydigan mutlaqo yangi, adolatli xalqaro munosabatlar tizimini şakllantirişimiz zarur. Kuç işlatiş va tahdid madaniyati ötmişda qolişi kerak», dedi u.
Ekologik barqarorlik, xususan, suv resurslarining yetişmovçiligi masalasi ham Qozoğiston rahbarining nutqida markaziy örinlardan birini egalladi. Töqayev ŞHT doirasida çeklanib qolmasdan, butun dunyo uçun muhim bölgan universal tuzilma taşkil etiş taşabbusi bilan çiqdi.
«Suv taqçilligi va iqlim özgarişi endi şunçaki ekologik muammo emas, bu - global xavfsizlikka töğridan-töğri tahdiddir. Şuning uçun Qozoğiston BMT şafeligida suv resurslarini boşqarişni muvofiqlaştiruvçi keng vakolatlarga ega universal Xalqaro suv taşkilotini tuzişni taklif etadi. Mintaqaviy darajada esa ŞHT Suv muammolarini tahlil qiliş markazini işga tuşirişimiz lozim», dedi u.
«ŞHT - dunyoning mustaqil hamda nufuzli markazlaridan biriga aylandi» - Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ŞHT köp qutbli dunyoning mustaqil markazlaridan biriga aylanganiga eʼtibor qaratdi.
«Çorak asr davomida Şanxay hamkorlik taşkiloti haqiqatan ham katta yölni bosib ötdi. 2001-yilda Rossiya, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston taşabbusi bilan taşkil etilgan ŞHT kuçayib, rivojlandi va şakllanayotgan köp qutbli dunyoning mustaqil hamda nufuzli markazlaridan biriga aylandi», - dedi Putin.
Rossiya prezidenti nutqining katta qismini iqtisodiy rivojlanişga bağişlandi. Uning aytişiça, Rossiyaning ŞHT mamlakatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi 2025-yilda 400 milliard dollardan oşgan, özaro hisob-kitoblarida milliy valyutalar uluşi esa 98 foizdan yuqori.
Putin, şuningdek, ŞHT Taraqqiyot bankini taşkil etişni qöllab-quvvatladi. Uning taʼkidlaşiça, bank siyosiy vosita sifatida iqtisodiy instrumentlardan foydalanadigan davlatlarning moliyaviy tizimlariga imkon qadar kamroq boğliq bölişi kerak.
«Barça davlatlar teng bölişi kerak» - Si Jinping

Xitoy rahbari Si Jinping öz nutqida dunyodagi siyosiy inqirozlar va adolatsizliklarni tilga olar ekan, «Global Janub» mamlakatlarining xalqaro maydondagi ovozini kuçaytiriş zarurligini taʼkidladi. U ŞHTni yangi adolatli dunyo tartibotining meʼmoriga aylantiriş taşabbusi bilan çiqdi.
«Zamonaviy dunyo tub buriliş davrini boşdan keçirmoqda va biz geosiyosiy öyinlar girdobiga tuşib qolmasligimiz kerak. ŞHT xalqaro institutlarni isloh qilişda faol va harakatlantiruvçi kuçga aylanişi, taraqqiyot yölidagi davlatlarning, ayniqsa, «Global Janub»ning ovozini balandroq yangratişi şart. Biz barça global inqirozlarni, xususan, Ukraina va Yaqin Şarqdagi mojarolarni faqat adolatli muloqot orqali hal etiş tarafdorimiz», dedi Xitoy rahbari.
Şuningdek, Si Jinping rasmiy Pekin dollarga qaramlikni kamaytiriş va ŞHT doirasida mustaqil moliyaviy arxitekturani yaratişni maqsad qilganini taʼkidlab ötdi.
«Biz taşkilotimizning moliyaviy suverenitetini taʼminlaşimiz şart. ŞHT doirasida milliy valyutalardagi hisob-kitoblarni keskin kengaytiriş, suveren raqamli valyutalar böyiça hamkorlikni rivojlantiriş va nihoyat ŞHT Taraqqiyot bankini taşkil etiş vaqti keldi», dedi u.
Uşbu maqsadlar uçun Xitoy yaqin uç yilda ŞHT Banklararo konsorsiumiga 10 milliard yuan kredit liniyasi ajratişini va joriy yilning özida aʼzo davlatlarga 2 milliard yuan miqdorida beğaraz yordam körsatişini maʼlum qildi.
Şuningdek, Xitoy rahbari Transkaspiy yönalişi va «Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston» temiryöli infratuzilmasini moliyalaştirişga tayyorligini bildirdi.
«Uruşning har bir kuni insoniyatni orqaga tortyapti» - Modi

Hindiston boş vaziri Narendra Modi sammit maydonidan dunyodagi qurolli töqnaşuvlar, xususan, Rossiya-Ukraina uruşini zudlik bilan töxtatiş böyiça töğridan-töğri va qatʼiy çaqiriq yöllaş uçun foydalandi.
«Uruş davom etayotgan har bir kun insoniyatni bir qadam orqaga tortyapti. Çeksiz uruşlar davridan uruşni töliq tugatiş davriga ötiş vaqti keldi. Hindiston har qanday inqirozni faqat muloqot va diplomatiya yöli bilan hal qiliş tarafdori», dedi Modi.
Hindiston boş vaziri harbiy mojarolar sababli global logistika zanjirlari uzilgani, energiya xavfsizligi xavf ostida qolgani va bundan eng köp «Global Janub» mamlakatlari jabr körayotganini alohida qayd etdi.
«Eng oğir paytlarda ham muloqotni töxtatmaslik kerak» - Japarov

Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov xalqaro munosabatlarda geosiyosiy qarama-qarşiliklar va bölinişlar kuçayib borayotganiga urğu berib, davlatlar örtasidagi qaraşlar tafovuti muloqotni töxtatişga sabab bölmasligi kerakligini aytib ötdi.
«Adolatli dunyo tartiboti barça davlatlarning bir xil fikrlaşini talab qilmaydi. U mutlaqo boşqa narsani talab qiladi: bir-birimizning tanlovimizni hurmat qiliş, zimmamizga olingan majburiyatlarni bajariş va hatto eng oğir paytlarda ham muloqotni töxtatmaslik kerak», dedi u.
Şuningdek, Japarov nizolarni harbiy bosqiçga yetmasdan oldin bartaraf etiş böyiça preventiv diplomatiyani kuçaytirişga çaqirdi.
«Biz siyosiy kelişmovçiliklar inqirozga, inqiroz esa qurolli töqnaşuvga aylanmasidan oldin harakat qilişni örganişimiz şart. ŞHT xavfsizlik sohasida yaxlit va bölinmas tizimni şakllantirişi lozim», dedi u.











